Shahloxonim Amerikadan olib kelgan sovg'alari bilan dugonalarini shokka tushirdi!

Aktrisa Shahlo Zoirova ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videolari orqali muxlislar e’tiborini tortdi. U AQShdan qaytgach, dugonalariga olib kelgan sovg‘alari bilan bog‘liq qiziqarli holatni ulashdi.
Videolardan birida aktrisa hazil aralash tarzda dugonalariga: “Men sizlarga Amerikadan havo olib keldim. Kim sizlarga borgan joyidan havo olib kelgan?” deya murojaat qilgan. Bu gap dugonalari orasida kulgili vaziyatni yuzaga keltirgan.
Shundan so‘ng Shahlo Zoirova asl sovg‘alarni ham ko‘rsatdi. U dugonalariga Amerikadan olib kelgan turli buyumlar — breloklar, termoslar, kosmetika vositalari va boshqa esdaliklarni ulashgan.
Aktrisaning ushbu hazil-mutoyibaga boy chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Muxlislar uning samimiyligi va kayfiyat ulashganini ijobiy baholashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!