Dilnoz Hakimova turmush o‘rtog‘i qo‘yadigan taqiqlari haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish4K
Dilnoz Hakimova turmush o‘rtog‘i qo‘yadigan taqiqlari haqida gapirdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xonanda Dilnoz Hakimova YouTube loyihasida oilaviy hayoti va turmush o‘rtog‘i bilan kelishuvlari haqida gapirib berdi.
  • U erining istagi bilan erkaklar bilan rasmga tushmasligini, kafe va restoranlarga borishi hamda kliplardagi ayrim sahnalarda ishtirok etishi cheklanganini ma’lum qildi.
  • Xonanda bu qoidalarni qattiq nazorat emas, balki oilaviy hurmat va kelishuv deb qabul qilishini ta’kidladi.
  • Shuningdek, u ijodda ham ayollik nafosati va latofatini saqlashga harakat qilayotganini bildirdi.

Yosh xonanda Dilnoz Hakimova ishtirok etgan YouTube loyihalaridan birida shaxsiy hayoti, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari hamda uydagi tartib-qoidalar haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

“Oilam hayotimni og‘irlashtirmadi”

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, turmush qurgandan keyin hayoti keskin o‘zgarmagan. U oila qurish ortidan katta og‘irlik sezmaganini aytadi. Chunki ular to‘ydan so‘ng alohida uyga ko‘chib o‘tganlari sababli kundalik ro‘zg‘or tashvishlari unga jiddiy yuk bo‘lmagan.

Uning ta’kidlashicha, hozir asosan turmush o‘rtog‘i uchun ovqat tayyorlash bilan cheklanadi, og‘ir uy ishlari esa majburiyat emas. Shu bilan birga, dam olish kunlarida qaynota va qaynona xonadoniga borib, oilaviy uchrashuvlar o‘tkazish odatga aylangan.

“Ayrim cheklovlar bor”

Dilnoz Hakimova turmush o‘rtog‘i qo‘yadigan taqiqlari haqida gapirdi

Dilnoz Hakimova tadbir va uchrashuvlarda ko‘proq ayollar va bolalar bilan suratga tushishini, erkaklar bilan rasmga tushmasligini turmush o‘rtog‘i istagi bilan bog‘liq ekanini bildirdi.

Shuningdek, u dugonalari bilan restoran yoki kafega borishi ham cheklanganini aytdi. Xonandaning ta’kidlashicha, bunday qarorlar tashqaridan qattiq nazoratdek ko‘rinishi mumkin, ammo u buni oilaviy kelishuv sifatida qabul qiladi.

Uning aytishicha, avvalroq do‘stlar bilan bemalol vaqt o‘tkazish, kafega borish odatiy holat bo‘lgan. Hozir esa ko‘proq uy sharoitida uchrashishga to‘g‘ri kelmoqda.

“Ba’zilar buni qattiq nazorat deb o‘ylashi mumkin”

Xonanda kliplarining ayrim sahnalarida ham ishtirok etmasligini, bu ham turmush o‘rtog‘i qarori ekanini bildirdi. Uningcha, tashqi kuzatuvchilar buni qattiq nazorat sifatida qabul qilishi mumkin, ammo u oilasini hurmat qiladi.

Sahna va obraz haqida fikr

Dilnoz Hakimova ijodda ayolning nafisligi va latofati muhim ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, sahnada tabiiylik va nazokatni saqlash muxlislar uchun eng ta’sirli jihatlardan biridir.

U har doim o‘z chegarasini saqlashga harakat qilishini, har qanday obrazda ham nafislikni yo‘qotmaslik mumkinligini aytadi. Xonanda uchun eng muhimi — insonning ichki xotirjamligi va baxti.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?