"Soliq to‘laymizmi, to‘lamaymizmi? degan masala muhokama bo‘lmasligi kerak"- Ozodbek Nazarbekov

"Soliq to‘laymizmi, to‘lamaymizmi? degan masala muhokama bo‘lmasligi kerak"- Ozodbek Nazarbekov
Qisqacha

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san'atkorlarning soliqqa munosabati haqidagi bahslarga izoh berdi. Uning ta'kidlashicha, soliq to'lash har bir fuqaroning majburiyati bo'lib, bu borada "to'lamayman" degan yondashuv bo'lmasligi kerak. Vazrning fikricha, soliq to'lashdan voz kechish emas, balki uning miqdori va tartibi haqida muhokama bo'lishi mumkin. Nazarbekov barcha soha vakillari, jumladan san'atkorlar ham amaldagi qonunchilik asosida soliq to'layotganini qayd etdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’atkorlarning soliqqa munosabati bo‘yicha bildirilayotgan fikrlar atrofidagi bahslarga izoh berdi.

Uning aytishicha, soliq tizimi bo‘yicha muhokamalar noto‘g‘ri talqin qilinib, ayrim san’atkorlar bu borada yetarli bilimga ega emasligini namoyon qilgan.

Vazirning ta’kidlashicha, soliq to‘lash har bir fuqaroning majburiyati bo‘lib, bu masalada “to‘lamayman” degan yondashuv bo‘lmasligi kerak.

Uning fikricha, soliq to‘lashdan bosh tortish emas, balki uning miqdori va tartibi haqida muhokama bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Nazarbekov barcha soha vakillari, jumladan san’atkorlar ham amaldagi qonunchilik asosida soliq to‘layotganini qayd etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar