Maykl Jekson haqidagi filmning davomi yaratilishi rasman tasdiqlandi

Maykl Jekson hayotiga bagʻishlangan “Maykl” biografik filmining ikkinchi qismi ustida ish olib borilishi maʼlum qilindi.
Loyiha rejissyori Antuan Fukua jadvaliga bogʻliq holda, suratga olish ishlari 2026 yoki 2027 yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Yangi qism birinchi filmdagi voqealarni davom ettirib, pop-musiqa qirolining keyingi hayotini yoritadi. Hozircha filmning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Bosh rolni xonandaning jiyani Jafar ijro etgan ilk qism 22 aprel kuni premera qilingan edi.
Film turli bahslar va tanqidlarga qaramasdan, jahon boʻylab 217 million dollar daromad toʻplab, musiqiy bayopiklar orasida rekord oʻrnatdi.

Kinokartinada Kolman Domingo, Nia Long, Mayls Teller va Lora Harriyer kabi aktyorlar ham ishtirok etgan. Ssenariy muallifi esa uch karra “Oskar” nomzodi Jon Logan hisoblanadi.
Film hozirda Oʻzbekiston kinoteatrlarida ham namoyish etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!