Bobur Mansurov mukofot haqidagi tanqidlarga javob qaytardi

Bobur Mansurov mukofot haqidagi tanqidlarga javob qaytardi
Qisqacha

Bobur Mansurov "O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va san'at xodimlari kuni" munosabati bilan "Madaniyat va san'at fidokori" mukofoti bilan taqdirlandi. U mukofotga nisbatan tanqidlar haqida o'z fikrini bildirib, har kimga birdek yoqishning imkoni yo'qligini ta'kidladi. Mansurov san'at sohasida 12 yildan buyon faoliyat yuritayotganini va ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidladi. U, agar ijodkorlar doimiy tanqid ostida qolsa, sohaning rivojlanishi sekinlashishi mumkinligini aytdi.

Aktyor va bloger Bobur Mansurov “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” munosabati bilan “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr va bahslarga sabab boʻldi. Mansurov bu holatga munosabat bildirib, mukofot nohaq berilgani haqidagi fikrlarga qoʻshilmasligini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, har kimga birdek yoqish mumkin emas va ijod ham barcha tomonidan bir xil qabul qilinmaydi. Aktyor 12 yildan buyon sanʼat sohasida faoliyat yuritib kelayotganini aytdi.

U seriallar, spektakllar va turli tadbirlarda, hatto baʼzan haq toʻlanmasdan ham ishlaganini qayd etdi.

Shu bilan birga, davlat tadbirlari va ijtimoiy roliklarda ishtirok etgani ham uning mehnati baholanganini koʻrsatishini taʼkidladi. Mansurovning fikricha, ijodkorlarni doimiy tanqid qilish emas, balki qoʻllab-quvvatlash muhim.

Uning taʼkidlashicha, agar ijod ahli doimiy ravishda tanqid ostida qolsa, sohaning rivojlanishi sekinlashishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar