Bloger Asilbek Amirov yana bir bor ota bo‘ldi (video)

aslbek_emir taxallusi bilan ijod qiluvchi bloger Asilbek Amirov yana bir bor ota bo‘ldi. U quvonchli xabarni Instagram sahifasiga joylagan videosi orqali kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Bloger video ostida «Hayotimga xush kelibsan, Asmira», deya yozib qoldirgan. Ushbu yozuvdan ko‘rinishicha, chaqaloqqa Asmira deb ism qo‘yilgan.
Blogerning kuzatuvchilari uning quvonchli xabariga befarq qolmay, izohlarda samimiy tabrik va tilaklarini bildirmoqda.
Biz ham Asilbek Amirov va uning oilasini quvonchli voqea bilan tabriklab, chaqaloqqa sog‘lik-salomatlik va baxtli umr tilaymiz.






























Izohlar 0
…