
2016 yilning yoz oylarida Feruza Latipova, Kamila Xo‘jaeva, Laylo Galievadan iborat “Se tanho” guruhi qizlari poytaxt Toshkent va Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida joylashgan restoranlarda kichik konsertlarini taqdim etishgan edi.
Bu yil “Se tanho” guruhi qizlari Kamila Xo‘jaeva, Laylo Galieva 19-20-21 may kunlari “Turkiston” saroyining yozgi saroyida konsert dasturini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Ayni damda AQShda istiqomat qilayotgan Feruza Latipova konsertda ishtirok etmaydi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
“Se tanho”ning navbatdagi konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, xonandalar Ravshan Sobirov, DJ Piligrim hamda “Sahar” guruhi ishtirok etishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar