15:45 / 14.04.2017
8 857

Jahongir Otajonov bitiruvchilarga sovg‘a tayyorlayapti

Jahongir Otajonov bitiruvchilarga sovg‘a tayyorlayapti
Xonanda Jahongir Otajonov bu yilgi bitiruvchilar uchun sovg‘a tayyorlayapti, ya’ni 24-25 may kunlari "Turkiston” san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etayapti, deb yozadi Uz24 sayti.

Bu xonandaning bahor faslidagi ikkinchi yakkaxon konsertidir. Joriy yilning 11-12-13 mart kunlari ham "Lola" deb nomlangan konsert dasturi taqdim qilingandi. Navbatdagi konsert "Sinfdosh qiz" deb nomlangan.

Ta’kidlash kerak, Jahongir Otajonov 12 oy ichida to‘rt marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgan yagona o‘zbek xonandasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov bitiruvchilarga sovg‘a tayyorlayapti