date

Jahongir Otajonov taqiqlardan so‘ng o‘ziga bo‘lgan bosimlar haqida ochiq fikr bildirdi

Jahongir Otajonov taqiqlardan so‘ng o‘ziga bo‘lgan bosimlar haqida ochiq fikr bildirdi

Xonanda Jahongir Otajonov intervyulardan birida ijodiy faoliyati davomida uchragan qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, san’at yo‘lida turli bosimli vaziyatlar ham bo‘lgan. Xonanda qo‘shiq aytishni boshlagan dastlabki yillarda unga katta e’tibor bo‘lmaganini aytgan.

“Qo‘shiq aytishni boshlaganimda hech kimning men bilan ishi bo‘lmagan”, — deya eslagan u.

Shu bilan birga, Jahongir Otajonov ayrim holatlarda o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘lganini ham yashirmagan. U bu holatlarni “balki yaxshilikka bo‘lgandir” deya baholagan.

San’atkor tergov jarayonlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hatto muxlisi ekanini bildirib, hijolat bo‘lishganini aytgan.

Jahongir Otajonov muxlislari uni kamchiliklari bilan qabul qilishini ham ta’kidlagan. Xonandaga ko‘ra, aynan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi qiyin davrlarni yengib o‘tishda muhim o‘rin tutgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov taqiqlardan so‘ng o‘ziga bo‘lgan bosimlar haqida ochiq fikr bildirdi