23:02 / 15.04.2017
13 635

Sherali Jo‘raev, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova bir sahnada konsert beradi

Sherali Jo‘raev, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova bir sahnada konsert beradi
O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘raev va Farrux Zokirovning katta sahnalarga qaytishi barcha san’at ixlosmandlarini quvontirgani sir emas. Endi ularni bir konsertda ko‘rish vaqti keldi.

Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 9 may kuni soat 14:00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Unutmoq osonmas...” deb nomlangan teatrlashtirilgan xotira dasturi tashkil etiladi. Unda yuqorida tilga olingan xonandalar bilan birgalikda O‘zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, G‘ulomjon Yoqubov, Ozodbek Nazarbekov va boshqalar ishtirok etadi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Konsert dasturida fan, madaniyat, san’at rivojiga hissa qo‘shgan insonlar, ustoz san’atkorlar va ijodkorlar xotirasi yodga olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘raev, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova bir sahnada konsert beradi