Bibisora Assaubayevaga O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashish taklif qilindi

Bibisora Assaubayevaga O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashish taklif qilindi

Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisora Assaubayevaning moliyaviy muammolar yuzasidan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga murojaat qilgani shaxmat jamoatchiligida keng muhokama qilinmoqda.

Assaubayeva xalqaro turnirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mablag‘ yetishmayotganini bildirgan. Uning aytishicha, Norway Chess turniriga tayyorgarlik xarajatlari asosan shaxsiy mablag‘i va ota-onasi yordami hisobidan qoplangan.

Ushbu holatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar unga O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashishni taklif qilmoqda. Izohlarda “Sizni O‘zbekiston terma jamoasiga taklif qilamiz” kabi fikrlar yozilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar