Maryam Tillyayeva shoudagi ishtiroki uchun qattiq tanqidga uchradi

2 daqiqa o'qish1.7K
Maryam Tillyayeva shoudagi ishtiroki uchun qattiq tanqidga uchradi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva va uning turmush o'rtog'i Arno Kosyan Rossiyaning "Pyatnitsa" telekanalidagi "Sevgiga pul tikish" realiti-shousida ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchradi.
  • Tillyayevaning bosh sovrin bo'lgan pul mukofotiga qiziqishi va to'y xarajatlari uchun mablag' zarurligini aytgani tomoshabinlar hamda tanqidchilarning noroziligiga sabab bo'ldi.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Arno Kosyan Rossiyaning “Pyatnitsa” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Sevgiga pul tikish” realiti-shousida ishtirok etib, keng muhokamalar markaziga aylandi.

Loyihaning ilk sonlaridanoq juftlikning harakatlari tomoshabinlar o‘rtasida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Maryam Tillyayevaning shoudagi ayrim bayonotlari va munosabatlari ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga uchradi.

Muhokamalarning eng qizg‘in nuqtasi Maryamning loyihada qatnashish sabablari haqidagi gaplari bo‘ldi. U bosh sovrin sifatida taqdim etilayotgan pul mukofotiga qiziqishi borligini va to‘y xarajatlari uchun mablag‘ zarurligini aytgan. Shuningdek, Arno Kosyan munosabatlarining dastlabki bosqichida o‘zini “alfons emasligini” isbotlash uchun barcha mablag‘ini sarflab yuborganini ham ochiqlagan.

Gulla marjon taqqan yosh yigit va ayol yonma-yon o‘tirib tabassum qilmoqda.

Bu so‘zlar ayrim kuzatuvchilar tomonidan keskin qabul qilindi. Tanqidchilar Maryamning moliyaviy jihatdan ta’minlangan oila vakili bo‘la turib, pul masalasini bu tarzda ko‘targanini noto‘g‘ri baholashdi.

Shou davomida Maryam Tillyayeva va mashhur rus aktrisasi Anna Xilkevich o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ham ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ldi. Ikki tomon bir-birini manipulyatsiya va ishtirokchilarni qarshi qo‘yishda aybladi. Bu bahs ijtimoiy tarmoqlarda ham davom etib, muxlislar o‘rtasida haqiqiy virtual tortishuvlarga sabab bo‘ldi.

Loyihaning yana bir ishtirokchisi, bloger Losha Yanger ham Maryamning o‘zini tutish uslubini tanqid qildi. Uning fikricha, Tillyayeva villada boshqalar bilan muloqotda o‘zini haddan tashqari erkatoy va talabchan tutgan.

Shouning keyingi sonlaridan birida Maryam va Arno ishtirokchilar ovozi natijasida loyihani tark etish xavfiga duch keldi. Bu holat Maryam uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi. Uning hissiy holati o‘zgarib, bir muddat boshqa ishtirokchilar bilan muloqotni cheklagani ham efirda namoyish etildi.

Gul marjonli yosh yigit va qiz oq kiyimda yonma-yon o‘tiribdi.

Tanqidlar va xeytlar kuchayganidan so‘ng Maryam Tillyayeva ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qildi. U shoudagi voqealar haqiqiy hayotdan farq qilishini, ishtirokchilar esa muayyan sharoit va bosim ostida harakat qilishini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u o‘z manziliga yuborilayotgan haqorat va tahdidli xabarlarni qabul qilib bo‘lmas holat deb baholadi. Maryamning aytishicha, so‘nggi bir necha kun ichida unga minglab salbiy xabarlar kelib tushgan.

Tillyayeva hozirda eri bilan Turkiyada dam olmoqda. Shu bilan birga, u yana bir yirik televizion loyiha — TNT telekanalidagi “O‘yin ustasi” realiti-shousida ham ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ko‘rinadiki, Maryam Tillyayeva ishtirok etayotgan har bir televizion loyiha tomoshabinlar qiziqishi bilan birga bahs va muhokamalarni ham keltirib chiqarmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?