Maftuna Xolmurotovaning sirli jufti haqidagi izohlari va suratlari tarmoqlarda barchaning diqqatida!

Xonanda Maftuna Xolmurotova shaxsiy hayotiga oid yangi postini e’lon qildi. "Shakira" taxallusi bilan tanilgan ijodkor sevgan insoni bilan tanishganiga bir yil bo‘lganini aytib, bu sanaga bag‘ishlangan suratlarni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Uning ta’kidlashicha, 2025 yilning 23 iyuli ularning hayotida yangi bosqich boshlangan kun bo‘lgan. Xonanda o‘tgan bir yil davomida juftlik birgalikda ko‘plab quvonchli kunlarni boshdan kechirgani va qiyinchiliklarni ham yengib o‘tganini yozdi.
"Allohimga shukr. Har bir lahza uchun sizga rahmat. Siz bilan o‘tgan har bir kunim men uchun qadrli xotira bo‘lib qoladi", deya murojaat qildi Maftuna.
U oldinda ularni yana ko‘plab baxtli onlar va birga o‘tadigan uzoq yillar kutayotganini bildirib, "Baxtli bir yilimiz muborak bo‘lsin", degan tilakni qoldirdi.
Post e’lon qilingach, xonandaning muxlislari uning munosabatlariga qiziqish bildirishdi. Izohlarda ko‘pchilik juftlikni ushbu sana bilan tabriklab, ularga baxt va totuvlik tiladi.































Izohlar 0
…