Turkiyalik model va aktyor Burak O‘zchivitning yangi ko‘rinishi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi

Turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit oilasi bilan ta’tilda tushgan suratlari orqali ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi.
Kadrlarda aktyor rafiqasi Fahriye Evjen va ikki o‘g‘li bilan dam olayotgani aks etgan. Suratlar tarqalgach, ko‘plab foydalanuvchilar aktyorning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi.
Ayrim muxlislar Burak O‘zchivitning vazn olganini yozgan. Boshqalar esa uning oilaviy ta’tilda erkin va oddiy ko‘rinishda ekanini ta’kidlagan.
Aktyorning oilasi bilan tushgan suratlari qisqa vaqtda tarmoqlarda keng tarqaldi. Muhokamalar asosan uning tashqi qiyofasi va dam olish vaqtidagi tabiiy ko‘rinishi atrofida bo‘lmoqda.
Burak O‘zchivit turk seriallari orqali ko‘plab muxlislarga tanilgan. Shu sabab uning har bir yangi surati ijtimoiy tarmoqlarda tezda e’tibor markaziga chiqadi.































Izohlar 0
…