Ra’no Yarasheva shov-shuvga sabab bo‘lgan gaplariga izoh berdi (video)

Ra’no Yarasheva shov-shuvga sabab bo‘lgan gaplariga izoh berdi (video)

Aktrisa Ra’no Yarashevaning kelin va qaynota-qaynona munosabatlariga oid fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning “kelin qaynota-qaynonasiga xizmat qilishi kerak” mazmunidagi so‘zlari ayrim foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilinib, bu mavzuda ko‘plab javob videolari ham e’lon qilindi.

Jamoatchilik orasidagi bahs-munozaralardan so‘ng aktrisa o‘z Instagram sahifasi orqali ushbu masalaga aniqlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, aytgan gaplari noto‘g‘ri talqin qilingan.

“O‘sha videodan keyin mavzu trendga chiqib ketdi. Kelinlar qaynona-qaynotasiga xizmat qiladi, degan gaplarim ko‘pchilik yoshlarga yoqmay qoldi. Men buni hech qachon salbiy ma’noda yoki kelinga qullik qilishi kerak, degan mazmunda aytmaganman.

Mening nazarimda, insonning baxtli yashashi uchun sharoit yaratib bergan ota-onaga hurmat ko‘rsatish kerak. Bir piyola choy tutish, bir kosa ovqat bilan siylash ham ehtiromning bir ko‘rinishi. Men aynan shu ma’noni nazarda tutgandim. Bu gaplarim bunchalik katta bahsga sabab bo‘lishini kutmagandim”, — dedi aktrisa.

Mazkur video ham ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Foydalanuvchilar izohlarda aktrisaning izohiga turlicha munosabat bildirib, mavzu yuzasidan bahslar hanuz davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar