Eje Irtem nimadan vafot etgani rasman ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish6.4K
Eje Irtem nimadan vafot etgani rasman ma’lum qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Turkiyaning mashhur «Qizil sharbat» serialida rol o‘ynagan 35 yoshli aktrisa Eje Irtemning vafotiga spirtli ichimlikdan zaharlanish sabab bo‘lgani sud-tibbiy ekspertizaning yakuniy xulosasi bilan rasman tasdiqlandi.
  • Ilk xulosalarda uning o‘limi yurak xuruji bilan bog‘langani aytilgan edi, shuningdek, uning advokati Tailanddagi sayohat vaqtida maymun hujumiga uchraganini ham tergov doirasida inobatga olishni so‘ragan edi.

Turkiyaning mashhur «Qizil sharbat» serialida Ishil obrazini gavdalantirgan aktrisa Eje Irtemning kutilmagan vafoti yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Ilk xulosalarda uning o‘limi yurak xuruji bilan bog‘langani aytilgan bo‘lsa, keyingi sud-tibbiy ekspertiza natijalari bu taxminni inkor etdi.

Turk ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, 35 yoshli aktrisa 15 iyun kuni ertalab o‘zini yomon his qilgan. O‘sha vaqtda uning yonida onasi bo‘lgan. Voqea joyiga chaqirilgan tez tibbiy yordam xodimlari zarur reanimatsiya choralarini ko‘rganiga qaramay, aktrisaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Oq-qora rangdagi kadrda yirik va dumaloq sirg‘a taqqan ayol tasvirlangan.

Dastlabki sud-tibbiy tekshiruvda o‘lim sababi yurak xuruji sifatida qayd etilgan edi. Keyinchalik esa aktrisaning advokati prokuraturaga murojaat qilib, Eje Irtem Tailandda sayohat vaqtida maymun hujumiga uchraganini ham tergov doirasida inobatga olishni so‘ragan. Huquqshunosning fikricha, hayvon tishlashi ham o‘limga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin edi.

Biroq 8 iyul kuni advokat Ug‘ur Go‘kkoyun sud-tibbiy ekspertizaning yakuniy xulosasiga tayanib, aktrisaning vafotiga spirtli ichimlikdan zaharlanish sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Jigarrang sochli va zirak taqqan ayol jilmayib turibdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar Eje Irtem voqea sodir bo‘lgan kuni kechqurun onasi bilan uchrashishidan avval spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu ma’lumot jamoatchilikka rasmiy xulosalar asosida taqdim etilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa vafotidan oldin onasi bilan bo‘lgan qahvaxona xodimining guvohligi ham tarqalgan. Uning aytishicha, Eje Irtem onasidan yashirin holda ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Ammo aktrisaning advokati mazkur ma’lumotga rasmiy izoh berishdan tiyildi.

Shu tariqa, turk kinosan’ati muxlislarini larzaga solgan ushbu fojiali voqea yuzasidan o‘limning ehtimoliy sababi sifatida yurak xuruji emas, balki spirtli ichimlikdan zaharlanish ko‘rsatildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?