Video: “Million” jamoasi Fransiya, Ispaniya va Italiyaga sayohat qildi

1 daqiqa o'qish8.1K
Video: “Million” jamoasi Fransiya, Ispaniya va Italiyaga sayohat qildi
Mehnatning tagi – rohat, deydilar. Bu naqlni chuqur anglagan “Million” jamoasi yigitlari “Istiqlol” san’at saroyida besh kunlik, jami 9 seanslik konsert dasturini taqdim etishganidan so‘ng, viloyatlar bo‘ylab gastrol konsertlarni uyushtirishdi. Konsertdan tushgan daromadning cho‘g‘i yaxshi bo‘ldi chog‘i jamoa a’zolari Yevropa mamlakatlari bo‘ylab sayohatga jo‘nab ketishdi. Bu haqda jamoa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi, deb yozadi Qalampir nashri.

Fransiya, Ispaniya va Italiya sayohatiga otlangan “Million”chilarning ilk manzili Parij bo‘ldi. Muhtasham Eyfel minorasiga chiqqan yigitlar minoraning eng baland nuqtasidan turib ajoyib videomurojaat tayyorlashdi. Unda yigitlar eng go‘zal va eng tinch mamlakat O‘zbekiston ekanini, eng samimiy va oqko‘ngil odamlar yashaydigan mamlakat ham O‘zbekistonligini baralla aytadilar.

Shuningdek, jamoa a’zolari Ispaniyaning Madrid shahrida ham bo‘lib, “Santyago Bernabeu” stadioniga ham tashrif uyushtirdilar.

Bundan tashqari, jamoa a’zosi Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “Real Madrid” va “Barselona” klublarining muzeylariga borganini ma’lum qilib, u yerda olingan videolarni taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim sabablarga ko‘ra, jamoa a’zosi Otabek Mirzaxolov “Million”chilar bilan sayohatga bormagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?