Indira Miftahova muxlislarini qiziqtirdi: "Nechchiga to‘ldim?" (video)

1 daqiqa o'qish262
Indira Miftahova muxlislarini qiziqtirdi: "Nechchiga to‘ldim?" (video)

“Dugonalar”, “Askar qizlar” kabi qator teleshoular va YouTubedagi “Ayollar klubi” podkasti muallifi, asl kasbi biolog, ikkinchi mutaxassisligi jurnalist,“Stand up” ustasi, komik Indira Miftahova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tayyorlangan kutilmagan syurprizni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

Videoda Indirani hamkasblari va yaqin do‘stlari tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga unutilmas lahzalarni tuhfa etishadi. Ular gullar, rang-barang sharlar hamda shamlar bilan bezatilgan tortni taqdim etib, aktrisani samimiy tabriklar bilan qarshi olishadi.

Kutilmagan syurprizdan hayajonga tushgan Indira quvonchini yashira olmaydi. U videoda tabriklash uchun kelgan yaqinlariga minnatdorlik bildirib, ular bilan samimiy his-tuyg‘ularini bo‘lishadi.

Video ostida esa u kuzatuvchilariga qiziqarli savol bilan murojaat qildi:

"Nechchiga to‘ldim? Topganga sovg‘a bor. Tanlab olaman bitta g‘olibni. Oqibat cho‘ntakdamas!!!"

Mazkur post qisqa fursatda ko‘plab izohlarni yig‘di. Kuzatuvchilar Indirani tug‘ilgan kuni bilan tabriklash barobarida uning yoshini ham topishga harakat qilishmoqda. Izohlarda ayrimlar 32 yosh, boshqalari esa 37 yosh deb taxmin yozgan.

Samimiy muhitda o‘tgan ushbu syurpriz video muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, Indiraga ezgu tilaklar va tabriklar yog‘ilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun Indira Miftahova 37 yoshni qarshi oldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?