Aktrisa Barchin G‘ofurovaga yuborilgan sirli gullar tarmoqlarda muhokamada!

Aktrisa Barchin G‘ofurovaga shaxsi oshkor etilmagan inson tomonidan chiroyli gullar sovg‘a qilindi. San’atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqda video joylab, unga e’tibor ko‘rsatgan insonga samimiy minnatdorlik bildirdi.
"Mehribon, samimiy, sirli inson, lablarimga tabassum ulashadigan sizga kattakon rahmat. E’tibor uchun", deb yozdi aktrisa video ostida.
Kadrlarda Barchin G‘ofurovaning gullardan mamnun bo‘lgani va kayfiyati ko‘tarilgani ko‘rinadi. Biroq u sovg‘ani kim yuborganini ochiqlamagan.
Post e’lon qilingach, muxlislar izohlarda turli taxminlar bildirishdi. Ayrimlar aktrisani xursand qilgan inson kim ekaniga qiziqish bildirsa, boshqalar unga iliq tilaklar yozib qoldirdi.































Izohlar 0
…