Merilin Monro o‘limiga oid yangi sirli tafsilotlar ochiqlandi

1 daqiqa o'qish2.3K
Merilin Monro o‘limiga oid yangi sirli tafsilotlar ochiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • “Mashhurlar jinoyat joyi: Merilin Monro” nomli yangi hujjatli film mashhur aktrisaning 1962 yil 5 avgust kuni 36 yoshida vafot etishi bilan bog‘liq rasmiy xulosaga shubha uyg‘otuvchi taxminlarni ilgari surdi.
  • Film mualliflari aktrisa topilgan xonaning juda tartibli ekani, dori flakonlari sinchiklab joylashtirilgani va uning karavoti yonidan suv stakani topilmaganini shubhali holatlar sifatida qayd etdi.
  • Shuningdek, loyihada aktrisaning AQSH prezidenti Jon F.

Oradan 60 yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, mashhur aktrisa Merilin Monroning o‘limi bilan bog‘liq bahslar yana kun tartibiga chiqdi. “Mashhurlar jinoyat joyi: Merilin Monro” nomli yangi hujjatli film voqeaning rasmiy xulosasiga shubha uyg‘otuvchi bir qator taxminlarni ilgari surdi.

Film mualliflarining fikricha, aktrisa topilgan xonadagi ayrim holatlar shubhali ko‘rinadi. Xususan, xona juda tartibli bo‘lgani va dori flakonlari sinchiklab joylashtirilganiga alohida e’tibor qaratilgan. Ayrim ekspertlar bu holat dori vositalarini me’yordan ortiq qabul qilish bilan bog‘liq o‘limlar uchun odatiy emasligini ta’kidlagan.

Merilin Monro o‘limiga oid yangi sirli tafsilotlar ochiqlandi

Shuningdek, Monro organizmida ko‘p miqdorda dori moddalari aniqlanganiga qaramay, uning karavoti yonidan suv stakani topilmagani ham yangi savollarni keltirib chiqargan.

Hujjatli filmda Merilin Monroning AQSH prezidenti Jon F. Kennedi va uning ukasi Robert F. Kennedi bilan bo‘lgan munosabatlari haqidagi ko‘p yillik mish-mishlarga ham alohida o‘rin berilgan. Mualliflar ushbu aloqalar aktrisa hayotining so‘nggi davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Shu bilan birga, jurnalist Sid Skolskiyning so‘zlari ham keltirilgan. Uning aytishicha, u Monro bilan vafotidan sal oldin suhbatlashgan va aktrisa Kennedi aka-ukalaridan biri bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini aytgan.

Merilin Monro maysazor ustida jilmayib yotibdi.

Biroq hujjatli filmda keltirilgan taxminlarning hech biri rasman tasdiqlanmagan. Ularning aksar qismi eski guvohliklar, turli farazlar va o‘nlab yillar davomida muhokama qilinib kelayotgan fitna nazariyalariga asoslangan.

Eslatib o‘tamiz, Merilin Monro 1962 yil 5 avgust kuni 36 yoshida vafot etgan. Rasmiy xulosaga ko‘ra, uning o‘limiga barbiturat dorilarini me’yordan ortiq qabul qilgani sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, aktrisaning o‘limi bilan bog‘liq sirlar hozirgacha jamoatchilik va tadqiqotchilar diqqat markazida qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?