Zebo Raximova 23 yoshini Parijda qarshi oldi (video)

Aktrisa va bloger Zebo Raximova 2 sentyabr kuni 23 yoshni qarshi olganini Instagram sahifasidagi videosi orqali ma’lum qildi.
Aktrisa yangi yoshini o‘zi uchun alohida sovg‘a bilan — Parijda qarshi olishni tanlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 23 yoshida Parijga uchinchi bor tashrif buyurishni o‘ziga sovg‘a qilgan.
Videoda Zebo Raximova qizil libosda, qo‘lida ustiga “23” raqamli va yulduzcha shaklidagi shamlar qo‘yilgan tort bilan tasvirlangan. Orqa fonda esa Parijning ramzi bo‘lgan Eyfel minorasi ko‘zga tashlanadi. Aktrisa shamlarni o‘chirib, yangi yoshini kutib olgan.
Bloger video ostida: “23 — bahorim, xush kelding!”, deya izoh qoldirgan.
Uning kuzatuvchilari ham aktrisani tavallud kuni bilan tabriklab, izohlarda samimiy tilaklarini bildirgan.
Biz ham Zebo Raximovani tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt, ijodiy muvaffaqiyat va yangi marralar tilab qolamiz.






























Izohlar 0
…