Xonanda Navruza muxlislariga quvonchli xabarni yetkazdi (foto)

Xonanda Navruza muxlislariga quvonchli xabarni yetkazdi (foto)

Xonanda Navruza Mahamadjonova muxlislariga quvonchli xabarni ma’lum qildi. U Instagram'dagi sahifasi orqali yana bir bor ona bo‘lishini e’lon qildi.

San’atkoraning sahifasida e’lon qilingan videoda uning homilador ekani aks etgan. Navruza ushbu videoga samimiy so‘zlarni ilova qilib, uzoq kutilgan xushxabarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

“Va nihoyat, sizlarga aytish vaqti keldi! Mana sizlarga yangilikning eng zo‘ri. Tez kunda farishtamiz bilan ko‘rishamiz. Juda ham oz qoldi…” — deb yozdi xonanda.

Ma’lumot uchun, Navruza Mahamadjonovaning Soliha ismli qizi bor. Xonandaning navbatdagi farzandi qiz yoki o‘g‘il ekani hozircha ma’lum qilinmagan.

Quvonchli xabarni eshitgan kuzatuvchilar xonandani tabriklab, izohlarda samimiy tilaklarini qoldirishdi. Ular Navruzaga farzandini eson-omon bag‘riga bosishini tilashgan.

Xonandaning muxlislari uning yangi oilaviy quvonchini katta xursandchilik bilan qarshi oldi.

Oq ko‘ylak kiygan homilador ayol va uning turmush o‘rtog‘i oq fonda tushirilgan suratlar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar