Murod Nazarovning tovuq va xo‘rozi borligi ma’lum bo‘ldi (video)

Murod Nazarovning tovuq va xo‘rozi borligi ma’lum bo‘ldi (video)

“Pulnews” ko‘rsatuvi boshlovchisi, bloger Jahongir Latipov bilan suhbatda taniqli tadbirkor Murod Nazarov o‘zining tovuq va xo‘rozi, shuningdek, jo‘jalari borligini aytdi.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u Chinozga baliq yeyish uchun borganida xonaki tovuqlarga ko‘zi tushgan. Ularning odamdan qo‘rqmay yurishi Murod Nazarovga yoqib qolgan va u bir juft tovuq berishlarini so‘ragan. Shunda unga tovuq va xo‘roz sovg‘a qilingan.

“Bularni olib kelganimga ikki oy bo‘ldi, jo‘jaladi. O‘nta tuxum qo‘ygan edi, sakkizta jo‘ja ochildi. Bu tovug‘imiz odamdan qo‘rqmaydi. Qo‘lda o‘sgan, tuxum beradi. Deyarli har kuni bittadan tuxum qo‘yadi”, — dedi Murod Nazarov.

Suhbat davomida tadbirkor tovuq, xo‘roz va jo‘jalar uchun ham alohida sharoit yaratgani ko‘rinadi. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ham e’tiborini tortdi.

Izohlarda kuzatuvchilar hazil aralash Murod Nazarovning tovuq va xo‘rozlari juda yaxshi yashayotgani, hatto ko‘pchilik havas qiladigan sharoitda ekanini yozishmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar