Dua Lipa jamoasi bilan hamkorlik: Munisa Rizayeva yangi albom tayyorladi

O‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayeva xalqaro miqyosdagi yangi ijodiy loyihasi bilan muxlislarini xursand qilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor taniqli britaniyalik qo‘shiqchi Dua Lipa bilan hamkorlik qiladigan ijodiy jamoa bilan birgalikda albom ustida ishlagan.
Xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ushbu loyiha haqida savol bergan kuzatuvchilarga javob berishicha, tayyorlangan albom yaqin kunlarda tinglovchilar e’tiboriga havola etiladi. Bu xabar uning ijodini kuzatib borayotgan muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Munisa Rizayevaning xalqaro ijodiy jamoa bilan ishlagani uning musiqiy faoliyatidagi yangi bosqich sifatida baholanmoqda. Albomda qanday qo‘shiqlar jamlangani, ularning musiqiy yo‘nalishi va loyiha doirasida yana qanday ijodkorlar ishtirok etgani hozircha ma’lum emas.
Shunga qaramay, muxlislar xonandaning yangi ishini intiqlik bilan kutmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda unga omad tilab, qo‘llab-quvvatlovchi izohlar qoldirilmoqda.
Endilikda tinglovchilarni qiziqtirayotgan asosiy savol — yangi albom qachon taqdim etilishi va undagi qo‘shiqlar qanday yangrashida. Xonanda aytganidek, premera uzoq kuttirmasligi kutilmoqda.































Izohlar 0
…