Gollivud aktyori Uill Smitning o‘g‘li o‘zidan 54 yosh katta ayol bilan birga Parijda ko‘rinish berdi

1 daqiqa o'qish150
Gollivud aktyori Uill Smitning o‘g‘li o‘zidan 54 yosh katta ayol bilan birga Parijda ko‘rinish berdi

Gollivud aktyori Uill Smitning o‘g‘li Jeyden Smit bu safar noodatiy hamrohligi bilan jamoatchilik e’tiboriga tushdi. 28 yoshli Jeyden 82 yoshli fransuz rassomi Mishel Lami bilan Parij ko‘chalarida birga sayr qilayotganida kameralarga muhrlandi.

Ularning birgalikdagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, turli munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Jeyden va Mishel o‘rtasidagi 54 yillik yosh farqi foydalanuvchilar diqqatini tortdi. Ayrimlar ularning yaqin munosabatiga hayrat bildirgan bo‘lsa, boshqalar bu holat yuzasidan turli fikrlarni bildirdi.

Jeydenning aytishicha, Mishel bilan tanishganidan keyin uning hayotida katta o‘zgarishlar yuz bergan. U yosh farqiga salbiy qaraydigan insonlarning fikriga qo‘shilmasligini va buni munosabatlar uchun to‘siq deb hisoblamasligini ta’kidlagan.

Mishel Lami 1944 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Fransiyada taniqli rassom va moda olamining o‘ziga xos namoyandalaridan biri sifatida tanilgan. U noodatiy tashqi ko‘rinishi, tishlaridagi tilla qoplamalar hamda qora rangga bo‘yalgan barmoqlari va qo‘llari bilan ajralib turadi. Uning obrazlari moda ixlosmandlari orasida alohida qiziqish uyg‘otadi.

Lami nafaqat ijodiy faoliyati, balki tashqi ko‘rinish va go‘zallik borasidagi qarashlari bilan ham tanilgan. Xususan, u plastik jarrohlikka qarshi munosabati bilan ham e’tibor qozongan.

Jeyden Smit va Mishel Lamining Parijdagi birgalikdagi ko‘rinishi esa yosh farqi, shaxsiy tanlov va munosabatlarga jamiyatning munosabati haqidagi bahslarni yana kun tartibiga olib chiqdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?