“O‘zbekkonsert” 4 nafar mashhur xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi

“O‘zbekkonsert” 4 nafar mashhur xonandaning litsenziyasini olib qo‘ydi
O‘zbekkonsert” davlat muassasasi shou-biznes vakillarining litsenziyalarini olib qo‘yishda davom etmoqda. Bu safar birato‘la 4 nafar mashhur san’atkorlarning litsenziyasi tugatildi.

Litsenziatlar Tohir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Sharof Muqimov va Sherali Bekmurodov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilgani sababli ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 11 iyuldan tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonandalar Shahnoza Otaboyeva va Dilmurod Sultonovning litsenziyalari ham tugatilgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar