“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva ayni vaqtda 5 avgust kuni Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
So‘nggi vaqtlarda o‘zbekistonlik ayrim san’atkorlarning xorijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan gastrol konsert dasturlari ma’lum qilinmaydigan sabablarga ko‘ra bekor qilinishi kabi holatlar ko‘plab uchrab turibdi. Bunga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Rossiyadagi gastrol konsert dasturi bekor qilinishini misol qilib keltirish mumkin. Shu sabab xorijda o‘zbek xonandalarining ishtirokida e’lon qilinadigan konsert dasturlariga odamlarning ishonchi susaygan. Xususan Manzura Yo‘ldoshevaning konsertiga kelganda “bu safar ham shunday bo‘ladi”, degan xavotir yo‘q emas. Biz Sankt-Peterburgda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda xonanda Manzura Yo‘ldosheva bilan bog‘landik.
“Rostini aytaman, boshqa hamkasblarimning konsert dasturlari bekor qilinishi bilan bog‘liq holatlar bizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu bois tayyorgarlik va tashkiliy ishlarga jiddiy e’tibor qaratyapmiz. Umid qilamanki, hammasi o‘z o‘rnida, muxlislarning ishonchiga loyiq bo‘ladi. Hozir Toshkentdaman, konsertga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Konsert repertuaridan 30 ga yaqin qo‘shiqlarim o‘rin olgan. Albatta, ular orasida eng yangilari ham bor.
Konsertni o‘tkazish uchun tashkilotchilar bilan allaqachon shartnoma tuzilgan. Ularda ham hozircha hech qanday muammo yo‘q”, deydi Manzura Yo‘ldosheva.
Ish bor joyda, kamchilik bor, deb bejiz aytishmaydi. Odatda avvalgi xatolar keyingi rejalarni amalga oshirishda o‘ziga xos tajriba vazifasini o‘taydi. Shunday ekan, Manzuraning konserti ham Ozodbek Nazarbekovniki singari bekor qilinmasligiga umid qilamiz. Har holda bu umidni bizga xonandaning o‘zi beryapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»