14:04 / 10.08.2017
18 301

Sitora Alimjonova oilali erkakka tegdimi?!

Sitora Alimjonova oilali erkakka tegdimi?!
Ijtimoiy tarmoqlarda urchib ketgan xabarlar keng muhokamalarga, qizg‘in mojarolarga sabab bo‘lyapti. Xabar berganimizdek, 8 avgust kuni Sitora Alimjonovaning nikoh to‘yi Tailanddagi Phuket orolida bo‘lib o‘tgandi. Kuyovning suratini ko‘rsatmagan aktrisa shaxsiy hayot uniki ekanligi va shunchaki rasmlarni ommaga ko‘rsatishni istamasligi haqida gapirgandi.

Phuket orolida yaqin insonlar davrasidagina o‘tkazilgan to‘y lavhalarida chindan ham kuyov bo‘lmishning birorta surati ko‘ringani yo‘q. Kechagina Instagram saytidagi tanqid.uz gruppasida esa Sitora Alimjonova oilali erkakning boshini aylantirib olgani haqidagi xabar urchib ketdi.

“Ko‘pchilik bilganidek Sitora Alimjonova razilligi haqidagi shov-shuv birinchi bizning sahifada ma’lum qilindi! Ko‘pchilik haligacha ham ishonishmadi… Va shaxsan o‘zim (tanqid.uz admini) Toshkent xalqaro aeroporti boshlig‘idan iltimos qilgan holda oilali bo‘la turib yana kuyov bo‘lgisi kelgan Axrorov Azizxo‘ja Sitora Alimjonova bilan birga Tailandga uchib ketgani va rostdan ham kuyovning pasportida uylanganlik muhri borligini aniqladik!!!

Va ular 7 avgust kechki payt 19:00 da Tailandga yonma yon 1A va 1B o‘rindiqlarida uchib ketishgan. Va ular 17 avgust kuni O‘zbekistonga qaytib kelishadi!!! Sizlarga aniq va 100 % li dalil. Aeroport ma’lumotlar bo‘limidan dalil isboti bilan! Qo‘shimcha qilib aytamiz, Axrorov Azizxo‘ja facebookda Timur Tillaev ism familiya ostida sahifasi bor…bu voqealardan keyin esa u sahifasidagi barcha rasmlarni uchirib tashladi!!!”
, — deb yozadi tanqid.uz instagramdagi guruh admini.

Sitora Alimjonova bilan bog‘langanimizda esa u: “Bir so‘z bilan aytganda bu yolg‘on, dushmanlarning tuhmati! Ha, men u insonni taniyman, lekin u menga shunchaki yaxshiligi tekkan, to‘yim bo‘lishiga sababchi bo‘lgan inson. Bu inson xo‘jayinimning yaqinlari! Bor gap shu! Boshqa izohga hojat yo‘q!” deya ortiq hech narsa haqida gapirishni istamadi. Hali hech narsaga oydinlik kiritilmadi, xulosa qilishga shoshilmang, azizlar!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sitora Alimjonova oilali erkakka tegdimi?!