Samarqandda “Sharq taronalari” o‘n birinchi xalqaro musiqa festivali doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya boshlandi.
Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishini tadqiq etishga bag‘ishlangan bu galgi anjumanda Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vetnam, Germaniya, Gruziya, Italiya, Indoneziya, Kanada, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Tojikiston, Ukraina, Eron, Yaponiya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan taniqli musiqashunos va tarixchi olimlar, san’atkorlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiya dasturidan yurtimiz olim va tadqiqotchilarining mavzu yuzasidan chiqishi va taqdimotlari ham o‘rin olgan.
Konferensiyaning “Tarix va meros” deb nomlangan birinchi majlisida xorijlik olimlarning Sharq xalqlari musiqa madaniyatining o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekiston musiqa merosi: milliy an’analarning saqlanishi va ularning rivoji, Eronda Navro‘z an’analari va ularning bugungi ko‘rinishi, xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarda musiqaning ahamiyati, afg‘on an’anaviy musiqalari, Oltoy va Janubiy Sibir xalqlari san’ati, fors va arab musiqasi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Xalqaro anjuman davomida bir qator davlatlar musiqachi va san’atshunos olimlari tomonidan taqdimotlar, mahorat saboqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: uzbekistan24.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi