
Juda ham katta masshtabli loyihani boshlash arafasida turibmiz. Mazkur film dunyoviy standartlarda suratga olinishi mo‘ljallanayotgan bo‘lib, dunyo bozorlariga olib chiqish maqsad qilingan. Film byudjeti ham juda katta, taxminiy byudjeti 8 milliard so‘mni tashkil qiladi. Balki 8 milliard so‘mdan ham yuqori qiymatda bo‘lar yoki uncha mablag‘ sarflanmasligi ham mumkin. Chunki hali to‘la hisob-kitob qilinmagan ayrim jihatlari ham bor. Film yurtimizning ko‘plab viloyatlarida suratga olinishi rejalashtirilgan. Film uchun Afg‘oniston qishlog‘iga o‘xshatib katta qishloq quriladi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmining g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, film ssenariysini Ikrom Shodiyev, Feruz Sa’diyevich, Jasur Isoqovlar bilan birgalikda yozdik. Suratga olish ishlari 2018 yilning fevral oyidan boshlanadi.
Muhammad Ali Iskandarov, aktyor va rejissyor
Muhammad Ali Iskandarov, aktyor va rejissyor

Bunga qadar «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Baron» filmi uchun 1,5 milliard so‘m, «Oyqiz ertagi» filmiga esa 1,6 milliard so‘m sarflangan edi. «Muhammad: Afg‘onda unutilgan» filmi esa xususiy kino studiya tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, filmga ajratilgan mablag‘ «Oyqiz ertagi» filmining xarajatlaridan besh barobar ortiqdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar