Qirg‘izistonda yog‘och o‘ymakorligi san’ati bilan mashhur bo‘lgan 69 yoshli rus rassomi, dekoratori va dizayneri Vladimir Gorovoy Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi. Bu haqda «Xabar» sayti ma’lum qildi.
Mo‘’jazgina ustaxonasida 3 ming yillik tarixga ega san’atni qayta jonlantirish bilan 14 yildan beri shug‘ullanib kelayotgan usta ijodida turli ranglardan, yog‘och qoplamalardan, model pichoq, oq yelim, zichlash jihozi va mumdan foydalanadi.
Qirg‘izistonda yagona hisoblangan yog‘och o‘ymakori Gorovoy Qirg‘iziston prezidentining majlislar zalini hamda Rossiya va Qozog‘iston rahbarlarining saroy va ishxonalarini bezagan.
«Ko‘rgazmaga tayyorlanayotganimda xayolimga oyatlarni yozish fikri keldi. Chunki Qur’oni karim oyatlari juda go‘zal xattotlik namunasidir. Qirg‘iziston muftiysiga murojaat qildim. U menga Qur’ondan 20 oyat yozib berdi. Oyatlardan biri islomni qabul qilishga da’vat ekan. Ularni yog‘ochga o‘yib yozarkanman, ruhim juda tetiklashdi, o‘zimni yengil his qildim. Hozir men buyurtmachilarning talabini emas, o‘zimning ichki ehtiyojimni qondirayotgandekman», — dedi Vladimir Gorovoy. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi