Alisher Fayz nega odamlar uni tanishidan xursand bo‘ladi? “Jonimdan nimalar o‘tdi...” (video)

Alisher Fayz nega odamlar uni tanishidan xursand bo‘ladi? “Jonimdan nimalar o‘tdi...” (video)

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz13 studiya” loyihasida o‘zini ko‘chada muxlislar tanib qolishiga munosabati haqida gapirdi.

Xonandaga 2005 yilda ilk bor konsertlardan birida chiqish qilganidan so‘ng tanilish va e’tirof etilish uchun harakat qilgani, biroq yillar o‘tib, aksincha, odamlar uni tanib qolmasligi uchun tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga urinmayaptimi, degan savol berildi.

“Yo‘q, men uchun unaqa emas. Men onamning mehriga to‘ymasdan turib uydan chiqib ketdim. 'Shunga erishaman, hayotimni tartibga solaman', deb chiqqanman. Shuning uchun meni tanishsa, men xursand bo‘laman. Menga yoqadi”, — dedi Alisher Fayz.

Xonanda odamlarning uni tanishi o‘z nafsi uchun emas, yillar davomida qilgan mehnatlari va intilishlari besamar ketmaganidan dalolat berishini ta’kidladi.

“Bu nafsimga o‘z hissasini berish uchun emas. Mehnatlarim zoye ketmaganidan xursand bo‘laman. Masalan, ko‘zoynak taqadigan bo‘lsam, quyosh ko‘zimni olmasligi uchun taqaman. Kepka kiyadigan bo‘lsam ham, o‘z sababi bor.

Lekin 'meni tanib qolishmasin, bunaqa bo‘lmasin', degan narsa yo‘q. Voy-voy, jonimdan nimalar o‘tdi meni tanisin deb. Shuning uchun odamlar meni tanib qolishidan qochmayman”, — dedi xonanda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar