09:04 / 15.05.2018
3 086

Ulug‘bek Rahmatullayevga duetdoshi 5 savol bilan murojaat etdi

Ulug‘bek Rahmatullayevga duetdoshi 5 savol bilan murojaat etdi
Biroz avval Ulug‘bek Rahmatullayevning, hamkasbi Ziyoda Qobilovaga yo‘llagan savollarini taqdim etgan edik. Endi ular o‘rin almashishdi. Ziyoda doimiy duetdoshi Ulug‘bek Rahmatullayevga beshta savol bilan murojaat etdi.

— "Meni sev" duetini kuylash haqida o‘zingiz taklif bildirgan bo‘lsangiz ham, unga klip suratga olishni uzoq o‘yladingiz. Nega?
— Klip suratga olish kerakmi yoki yo‘q degan ikkilanish bo‘lgani yo‘q. Lekin muxlislar ko‘proq “Qirmizi olma” qo‘shig‘imga qiziqishgani sabab birinchi unga klip suratga olgandim. Shuning uchun ishimiz biroz cho‘zildi. Lekin asosiysi, bugun qo‘shig‘imizning klipi bor. Muxlislarga ma’qul keldi, asosiysi ham shu.

— Bundan bir necha yil ilgari kuylagan duetimiz juda ommalashgani esingizdami? "Meni sev" ham uning muvaffaqiyatini qaytaradi, deb o‘ylaysizmi?
— Haqiqatdan ham birinchi hamkorligimiz kutilgandan ham yaxshi natija bergandi. U paytda musiqiy telekanallar kam bo‘lsa-da, uning tinglovchilari juda ko‘p edi. “Meni sev” haqida esa hozircha bir nima deyolmayman. Talab bor, tinglashyapti. Bu ham natija!

— Uchinchi farzandingizning dunyoga kelishi hayotingizda nimalarni o‘zgartirdi?
— Juda bolajon insonman, farzandlarim ko‘p bo‘lishini istayman. Chaqaloq hidini ham tez-tez sog‘inib qoladigan odatim bor. Har bir farzandim tug‘ilgach, ayrim salbiy odatlarim yo‘qola boshlaydi. Farzandlarning tug‘ilishi, faqat yaxshilik olib keladi.

— Tajribamdan bilaman qarindoshlar bilan ishlash oson emas. Sizning ham prodyuseringiz ukangiz... Birga ishlashda muammolar kelib chiqmaydimi?
— To‘g‘ri, yaqinlar bilan ishlash, juda mas’uliyatli. Doim qarindoshlik rishtalari ham borligini yodda tutish shart. Lekin jigarlarning o‘rni boshqa. Senga ular kabi jon kuyduruvchi inson bo‘lmaydi. Ukam Dilshod ish yurituvchim bo‘lgandan xursandman. Erishgan yutuqlarimda uning ham hissasi katta, deb o‘ylaman.

— O‘zingiz haqingizdagi qaysi tanqiddan xafa bo‘lgansiz?
— Tanqidlar doim bo‘lgan va bundan keyin ham yo‘qolmaydi. Ular orqasida ko‘ngilga tegadiganlari ham yo‘q emas. Lekin iloji boricha, har bir gapdan kerakli xulosa chiqarib, yashashga harakat qilaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ulug‘bek Rahmatullayevga duetdoshi 5 savol bilan murojaat etdi