
O‘zbekistonlik yosh aktyor, qo‘shiqchi va sobiq feldsher Oleg Ternovoy Rossiyaning “TNT” telekanalidagi “Pesni” (“Qo‘shiqlar”) shousida finalga yo‘l oldi, deb xabar beradi “Daryo”.
Terry o‘zining navbatdagi chiqishida Yegor Krid bilan qo‘shiq ijro etdi.
“Pesni” loyihasida Oleg Ternovoy Timatining jamoasi tarkibida ishtirok etmoqda. Avvalroq, u sahnaga “Domofon” qo‘shig‘i bilan chiqqan edi, bir necha kundan so‘ng, mazkur qo‘shiq Rossiyadagi iTunes reytingi yetakchisiga aylangandi.
Oleg Ternovoy hozirda San’at va madaniyat institutining so‘nggi bosqichida o‘qiydi, parallel tarzda O‘zbekistondagi rus akademik drama teatrida bir nechta rollarni o‘ynaydi. Bungacha u “tez yordam”da oddiy feldsher bo‘lib ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar