Milliy maqom sanʼatimiz tili va millatidan qatʼiy nazar, jahon xalqlarini doimo oʻziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel boʻlib tinglashida yaqqol namoyon boʻladi.
Yaqinda Fransiyada katta konsert dasturini namoyish etib qaytgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Turdiyeva oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi, deb yozmoqda “Xalq soʻzi” nashri.
— Milliy musiqa va maqomlarimiz zamirida insonni ezgulikka chorlaydigan, uning qalbidagi eng nozik, eng goʻzal tuygʻularni uygʻotadigan buyuk ilohiy kuch bor. Shuning uchun ularni oʻzbek tilini tushunmagan inson ham jon qulogʻi bilan eshitadi, olqishlaydi, ardoqlaydi.
Fransiyada xuddi mana shu holatga guvoh boʻldik. Parijda sanʼat ixlosmandlari bizni juda iliq kutib oldi. Koʻhna shahardagi muhtasham “De la Vill” teatrida oʻtkazgan konsertimiz milliy merosimiz ixlosmandlarining joʻshqin qoʻllab-quvvatlovi, ashula va raqslar jilosining qalblarga koʻchgani bilan oʻziga xoslik kasb etdi. Dugoh maqomidan, Buxoro mavrigilaridan, xalq laparlaridan kuyladik, dutor, tanbur, gʻijjak, doira sadolari yangradi. Konsertimiz tugagach, sahnadan chiqib ketar ekanmiz, “tasanno”, “ofarin” degan soʻzlar tinmadi...
Shu oʻrinda “koʻhna qitʼa”da katta konsert dasturini tashkil etishda yaqindan yordam bergan musiqashunos olima Soudabex Kia xonimga katta minnatdorlik bildiramiz.Shu oʻrinda biz, xonandalarning har bir yutugʻi mamlakatimizda sanʼat ahliga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, yaratib berilayotgan qulay sharoitlar mevasi, deb bilaman. Ayniqsa, milliy maqom rivojiga Prezidentimiz alohida eʼtibor koʻrsatayotgani, yurtimizda xalqaro sanʼat anjumanlari oʻtkazilayotgani musiqiy durdonalarimiz dovrugʻining olamga keng yoyilishiga xizmat qilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi