Qizil gilamdagi model nega ko‘chada yashay boshladi?

Qizil gilamdagi model nega ko‘chada yashay boshladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Bir vaqtlar mashhur fitnes modeli bo'lgan 39 yoshli Loni Uillson, turmush o'rtog'i Jeremi Jekson bilan bo'lgan zo'ravonlikka to'la nikohdan so'ng, giyohvandlikka berilib, Los Anjeles ko'chalarida yashashga majbur bo'ldi.
  • Uning karyerasi va hayoti keskin o'zgarib, modellikdan ko'cha hayotiga o'tib, hatto taklif qilingan yordamdan ham voz kechdi.
  • Hozirda u o'zini erkin his qilishini aytib, ko'chalarda kun kechirmoqda.

Bir vaqtlar fitnes jurnallari yulduzi bo‘lgan Loni Uillson bugun Los Anjeles ko‘chalarida yashamoqda. 39 yoshli sobiq modelning bor-yo‘g‘i kiyimlari solingan xaltasi bor, ovqatni esa ba’zan axlat qutilaridan qidiradi.

Loni Glam Fit, Flavour Magazine va Iron Man Magazine kabi nashrlar uchun suratga tushgan, karyerasi jadal rivojlanayotgan fitnes-model edi. U “Malibu qutqaruvchilari” serialidagi Hobi Byukennon roli bilan tanilgan aktyor Jeremi Jekson bilan turmush qurgach, uning hayoti keskin o‘zgara boshladi.

Zo‘ravonlikka to‘la nikoh

Oq va qora rangli logotiplar oldida sarg‘ish sochli ayol va qora sochli erkak turibdi.

Tashqaridan baxtli ko‘ringan juftlik munosabatlari aslida og‘ir kechgan. Lonining aytishicha, Jeremi spirtli ichimlik iste’mol qilganida janjal chiqarib, unga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilgan. Ayol bir necha marta suyak sinishi bilan shifoxonaga murojaat qilganini aytgan.

U janjallardan birini tasmaga yozib olgan va keyinchalik Daily Mail nashriga bergan. Shuningdek, Lonining so‘zlariga ko‘ra, hujumdan bir kun oldin Jeremi unga 12 daqiqalik rep qo‘shig‘ini yuborib, unda “ayolni o‘ldirmoqchi ekanini” aytgan.

Juftlik 2014 yilda rasman ajrashgan. O‘sha yilning avgust oyida politsiya ularning uyidagi janjal bo‘yicha chaqiruv olgan. Xabarlarga ko‘ra, Lonining ikki qovurg‘asi singan, bo‘yni jarohatlangan va tanasida tirnalishlar qolgan. U rasmiy ariza bermagani uchun ish yopilgan. Jeremi bir safar uni bo‘g‘ishga ham uringan.

Jeremi keyinchalik giyohvandlik va alkogol muammolariga duch kelgan. 2015 yilda u janjal paytida bir ayolni pichoqlagani uchun hibsga olindi. U aybini tan olib, 270 kun qamoq va besh yillik sinov muddatiga hukm qilingan.

Modellikdan ko‘cha hayotigacha

Ko‘chada aravacha bilan ketayotgan va chiqindi qutisini titayotgan ayol.

Loni va Jeremi birga yashagan paytda giyohvand moddalarni iste’mol qila boshlagan. Bu Lonining ruhiy holatiga ham ta’sir ko‘rsatgan. U kimdir uning hayotiga qasd qilayotgani va tanasi orqali elektr razryadlari yuborilayotganiga ishona boshlagan.

2016 yilda u shifoxonaga yotqizildi, ammo ko‘p o‘tmay uni tark etdi. Keyinchalik og‘riqni bosish uchun taqiqlangan moddalarni ko‘proq iste’mol qila boshlagan. Oxir-oqibat uysiz qolib, ko‘chada yashashga o‘tgan.

2018 yilda Lonining holati jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi. Bir vaqtlar dizaynerlik kiyimlarida yurgan modelning sochlari kesilgan, qimmatbaho kiyimlari va Los Anjelesdagi uyi esa yo‘q edi. Qaramlik sabab ishidan ayrilgan, ijara haqini to‘lay olmay, kvartiradan chiqarib yuborilgan.

Loni jurnalistlarga ko‘chada o‘z xohishi bilan yashayotganini va o‘zini erkin his qilishini aytgan. U kamroq ko‘zga tashlanish uchun sochini qirdirgan va o‘zini himoya qilish maqsadida pichoq olib yurgan.

Yordamni ham qabul qilmadi

Loni Willisonning yillar davomidagi jismoniy o‘zgarishi aks etgan qiyosiy suratlar.

Loni haqidagi xabarlar tarqalgach, reabilitatsiya mutaxassisi Larri Marinelli unga bepul yordam taklif qildi. U davolanish rejasini tayyorlab, Shimoliy Gollivuddagi Victory detoksikatsiya markazidan joy ham ajratdi. Ammo Loni taklifni rad etdi va yana g‘oyib bo‘ldi.

2020 yil oktyabr oyida u Venis-Bichda aravacha itarib ketayotganida yana suratga tushdi. O‘shanda The Sun nashriga o‘zini yaxshi his qilayotganini va yordamga muhtoj emasligini aytdi.

Lonining so‘zlariga ko‘ra, u Jeremi va do‘stlari bilan aloqani uzgan, telefoni yo‘q, ammo ovqat va tunash uchun joyi bor. Pulni turli yo‘llar bilan topishini, yegulikni esa axlat qutilari va do‘konlar atrofidan izlashini aytgan.

Shundan beri sobiq model Los Anjeles ko‘chalarida axlat qutilarini titkilayotgan yoki yolg‘iz kezib yurgan holda vaqti-vaqti bilan ko‘rinib qoladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar