11:33 / 30.03.2020
4 955

Mavluda Asalxo‘jayeva karantin vaqtida o‘tkazilgan to‘yga borgani haqidagi xabarga izoh berdi (video)

Mavluda Asalxo‘jayeva karantin vaqtida o‘tkazilgan to‘yga borgani haqidagi xabarga izoh berdi (video)
Foto: Instagram / @mavludauz
29 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda karantin davrida o‘tkazilgani aytilgan to‘y marosimidan lavhalar tarqaldi. Xonadon ichida o‘tkazilgan to‘yda yuziga niqob taqqan, qo‘liga bir martalik qo‘lqop kiygan xonanda Mavluda Asalxo‘jayevaning qo‘shiq kuylayotani aks etgan.

Xonanda ushbu video yuzasidan Instagram’dagi sahifasi orqali tushuntirish berib, u videodagi to‘yga O‘zbekistonda to‘y marosimlarini o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq kuchga kirishidan oldin borganini ma’lum qildi.

«Men bu to‘yga 22 mart kuni borganman. Kunduzi soat uchlarda. Kelin-kuyovni ham ko‘rganim yo‘q, chunki uyga kirganimda besh—oltita xotinlar bor edi. Shularga besh-oltita qo‘shiq aytib ketganman. Nima uchun shuncha paytdan keyin karantin paytida bu videoni chiqarishdi? Qaysi inson chiqardi, ularga nima kerakligiga hayronman? Xalqimizning og‘ir kunida, karantin paytida shu narsani chiqarish kerakmi? Men hech qachon hukumatimizning aytganidan chiqmaganman. Men butun umr nima to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, shuni qilib kelgan odamman. Mendan xafa bo‘lmanglar, men shu videoni chiqargan odamdan xafaman», — deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mavluda Asalxo‘jayeva karantin vaqtida o‘tkazilgan to‘yga borgani haqidagi xabarga izoh berdi (video)