Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)

1 daqiqa o'qish21.7K
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
Serial va filmlardagi betakror obrazlari bilan tanilgan turk aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘pchilikka qiziq. Quyida aktrisalarning bolalikdagi suratlari e’tiboringizga havola etiladi.

Beren Saat (36 yosh)
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
Foto: Getty Images
«Ko‘sem» seriali yulduzi bolaligida musiqa bilan jiddiy shug‘ullangan. U juda yaxshi qo‘shiq aytgan va tanlovlarda qatnashgan. Beren iste’dodi uchun o‘nlab mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Biroq u xonandalikni emas, aktrisalikni tanlagan.

Maryam Uzerli (36 yosh)
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
Foto: Getty Images
Aktrisaning otasi turk, onasi nemis millatiga mansub. U 5 yoshida birinchi rolini ijro etgan. Uning debyuti otasining do‘sti rahbarligidagi teatr sahnasida bo‘lgan. Maryam maktabdagi bayramlarda ham faol qatnashib, sahna chiqishlarida turli rollarni ijro etgan. U bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. «Muhtasham yuz yil» serialidagi Xurram obrazi uni butun dunyoga mashhur qildi.

Pelin Karaxan (35 yosh)
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
Foto: Getty Images
«Muhtasham yuz yil» serialining yana bir yulduzi Pelin to‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan. Qizchani onasi tarbiyalab o‘stirgan. Pelin maktabda yaxshi o‘qigan, so‘ng universitetning turizm fakultetiga o‘qishga kirgan.

Uning aktrisalik faoliyati reklama roliklaridan boshlangan.

Fahriye Evjen (33 yosh)
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
Foto: Getty Images
Fahriye Germaniyada tug‘ilgan. Otasi turk, onasi esa qorachoy-cherkasiyalik. Fahriye bolaligida basketbolga qiziqqan, teatr studiyasiga qatnagan, kitob o‘qishni yoqtirgan. Aktrisaning karyerasi Istanbul shahriga sayohatdan boshlangan. Chiroyli qiz rejissyorlar e’tiboriga tushgan va uni «Hech qachon unutma» seriali kastingiga taklif qilishgan.

Xande Erchel (26 yosh)
Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto)
Foto: Getty Images
Xandening ijodiy qobiliyatlari bolaligidayoq namoyon bo‘lgan. U maktabdagi teatrda rollar ijro etgan. So‘ngra tasviriy san’at universitetiga o‘qishga kirgan. Xandening karyerasi Ozarbayjonda o‘tgan go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu tanlovda Xande ikkinchi o‘rinni egallagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?