14:45 / 23.09.2020
2 590

2020 yildagi dunyo kinoprokati yetakchisi ma’lum qilindi

2020 yildagi dunyo kinoprokati yetakchisi ma’lum qilindi
Foto: Beijing Diqi Yinxiang
Xitoyning urush haqidagi “Sakkiz yuzlik” (The Eight Hundred) filmi 2020 yilda dunyo kinoprokati yetakchisiga aylandi. Film namoyishga chiqarilgandan boshlab to hozir kungacha 426 mln dollar ishlab topdi.

Ushbu film bungacha yetakchi bo‘lib kelayotgan “Yomon yigitlar hamisha” (Bad Boys for Life) filmini ortda qoldirdi. AQSH kinoijodkorlari filmi 424 mln dollar daromad keltirgan. Aytish joiz, film koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar kiritilishi oldidan namoyish qilina boshlagandi.

Xitoy filmi esa bor-yo‘g‘i bir oy avvalgina, aniqrog‘i 21 avgustdan namoyish qilina boshlangan.

Film real voqealarga asoslanib, 1937 yilda xitoylik askarlar otryadining Shanhaydagi bir omborni yapon qo‘shinlaridan 4 kun davomida qahramonlarcha himoyalagani haqida so‘zlaydi.

Film budjeti 85 mln dollarni tashkil qilgan. Prognozlarga ko‘ra, filmning umumiy kassasi yanada oshishi mumkin. Ekspertlar ushbu summani 445 mln dollar atrofida baholashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2020 yildagi dunyo kinoprokati yetakchisi ma’lum qilindi