19:28 / 25.10.2020
5 105

Neslixan Atagul Burak O‘zchivit bilan yana serialda birga suratga tushishi haqidagi savolga javob berdi

Neslixan Atagul Burak O‘zchivit bilan yana serialda birga suratga tushishi haqidagi savolga javob berdi
Foto: Pinterest
Taniqli turk aktrisasi Neslixan Atagul jurnalistlarga Burak O‘zchivit bilan bog‘liq savollarga toqat qila olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Rus.Turkey.com» xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, jurnalistlarning savoli aktrisaning g‘azabini keltirgan. Ular Neslixan va uning turmush o‘rtog‘i Kadir Doguluga qarata «Agar yana imkon tug‘ilsa, Burak O‘zchivit bilan bitta loyihada ishtirok etasizmi?» degan savolni bergan.

Neslixan ushbu savolga keskin munosabat bildirib, jurnalistlarning bu kabi ig‘vo savollarni berishga haqi yo‘qligini aytgan. Shuningdek, Burak va turmush o‘rtog‘i Kadir o‘rtasida ziddiyat borligini ham tasdiqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, Kadir va Burak orasidagi kelishmovchilik Kadirning rashki tufayli kelib chiqqan. Sababi Neslixan va Burak «Sevgi iztirobi» serialida sevishgan juftlik obrazini gavdalantirgan.

Savolga esa «Sizlar bizni savollaringiz bilan g‘azablantiryapsiz. Yo‘q. O‘zchivit bilan hozircha umumiy rejalar yo‘q», − deya aktrisa javob bergan.

Bundan avval Kadir Burakni o‘zini yaxshi ko‘radigan, deb atagan va Twitter sahifasida shunday post qoldirgan: «O‘zchivit har qanday ayolning unga muhabbat qo‘yishiga ishonadi. U xavfli inson».

Shunga qaramay, O‘zchivit Neslixan va uning turmush o‘rtog‘i bilan yomon munosabatlarini rad etib, jurnalistlarga Kadir hamon uning do‘sti ekanligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda «Sevgi iztirobi» eng yaxshi xorijiy telenovella yo‘nalishi bo‘yicha Emmi mukofotiga loyiq deb topilgan. «Sevgi iztirobi» mazkur mukofot berilgan ilk turk seriali bo‘lgan.

Shuningdek, serial Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017 yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. 2018 yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov «Sevgi iztirobi» serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Zo‘r TV telekanali 2019 yil iyul oyida «Sevgi iztirobi» efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30 iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. 31 iyul kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Neslixan Atagul Burak O‘zchivit bilan yana serialda birga suratga tushishi haqidagi savolga javob berdi