«Bojalar» Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi? (video)

1 daqiqa o'qish4.3K
«Bojalar» Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi? (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va prodyuser Javlon Shodmonov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Javlon Shodmonov «Bojalar» jamoasi Mo‘min Oripovning vafotidan so‘ng bachkanalashib ketdi, mazmunidagi gaplarga munosabatini bildirdi.

- "Bilmasam endi. Menimcha, har doim ikkita odamni ko‘rib yurgan muxlislar uchun bitta odam bo‘lmay qolishi g‘alati tuyulishi mumkin. Hozir Mo‘min bo‘lganida, boshqacha bo‘lardi. Bilmadim. U vaqtda jiddiy deysiz-u, ammo ‘Jiyda gullaganda’, ‘Anhor bo‘yida’ qo‘shiqlarimizda ham hazilomuz so‘zlardan foydalanganmiz, hozir ham shunaqa so‘zlardan foydalanamiz.

Hozir ham Jahongir akamning jiddiy qo‘shiqlari, chuqur ma’noga ega bo‘lgan qo‘shiqlari bor. Endi ularning uslublari shunaqa. Jiddiy qo‘shiqlarni katta reklama qilmasligimizning sababini bilmayman. Bachkana-bachkana deyishadi-yu, ammo baribir ko‘rishadi. Agar birorta odamni yoqtirmasam, u odamni ko‘rmayman, eshitmayman, e’tibor ham bermayman, menda shunaqa odat bor. Biz bachkana bo‘lsak, nega bizni ko‘rishadi, e’tibor berishadi. Shu holatga tushunmayman
", - deydi aktyor, rejissyor, prodyuser Javlon Shodmonov.

Ma’lumot uchun, «Bojalar» guruhi a’zosi Mo‘min Oripov 2009 yilning 28 iyun kuni mudhish avtohalokat sabab vafot etgan. «Bojalar» guruhi a’zolari Jahongir Foziljonov hamda Mo‘min Oripov kuylagan «Jiyda gullaganda», «Boyvachcha», «Achchiq hayot», «Anhor bo‘yida», «Eslama meni» kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?