8 449
Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova jiyani, aktrisa Zuhra Soliyeva tomonidan o‘zi haqida turli xil gap-so‘zlar tarqalganiga munosabat bildirdi. Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.
- "Zuhra Soliyeva baribir jigarim, shogirdim. O‘zim u niholni ekdim, o‘stirdim, u meva bermoqda, meva berganidan xursandman. U yoshlik qilib bir nimalar degandir, yoshlik qilib nimalargadir ishongandir. Hayotda kimdir kimnidir yomonlaydi, kimdir yolg‘onlarni bir-biriga yetkazadi.
Balki yoshim katta bo‘lgani uchun bu narsalarga ko‘p e’tibor bermayman, chunki uning qanotlarini sindirishni istamayman. Uning otasi, onasi, vafot etgan Fotima egizagiga va’da berdimmi, va’damning ustida turaman. Uning qo‘lidan ushlab, san’at nonini yeyish oson emas, ammo chidasang, mehnat qilsang, katta, buyuk san’atkorlar qatoriga qo‘shilasan, muxlislaring bo‘ladi, deb va’da berganman, shu va’damni bajardim deb o‘ylayman.
Qizim bo‘lmagani uchun uni qizimdek yaxshi ko‘rganman. Oilamiz bilan yaxshi ko‘rganmiz. U chiqqan ko‘rsatuvni ko‘rmadim, ammo ko‘rganlar ‘Zuhra sizga sog‘lik tilab yig‘ladi’, — dedi. Ko‘rdingizmi, baribir jigarni jigardan hech qachon ayirib bo‘lmaydi. Hammaning gapiga u ham, men ham quloq solmasligimiz kerak. Shuni undan iltimos qilib qolaman.
Bir-birimizni asrab, kerakli bo‘lib yashaylik. Hech qachon ayrilmaylik. Mendan o‘tgan bo‘lsa, kechirsin, men uni kechirganman. Omadini bersin", - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”