2 849
Amerikalik xonanda Ariana Grande 20 marta Ginnesning rekordlari kitobidan o‘rin oldi
Foto: Getty Images
Pop yo‘nalishida ijod qilishi bilan yaxshi tanish bo‘lgan amerikalik xonanda Ariana Grande 20 marta Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 27 yashar xonanda afsonaviy musiqachilar The Beatles, Merayya Keri va Rianna qatoridan o‘rin olgan. Mazkur muvaffaqiyatga erishishiga yangi taqdim qilgan Positions albomi sababchi bo‘lgan. Albomdan o‘rin olgan shu nomli qo‘shiq Billboard Hot 100 chartida yetakchilik qilgan.
Umumiy hisobda, Grande tomonidan kuylangan beshta qo‘shiq turli yillarda Billboard Hot 100’da birinchi bo‘lgani unga Ginnesning 20-rekordini olib kelgan. Ular orasidan Thank u, Next, 7 Ring, Stuck with u va Rain on me o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!