18:23 / 09.03.2021
4 354

Yulduz Rajabova davlat rahbari bilan muloqoti haqida: «Prezident e’tirofi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni kuchaytirdi»

Yulduz Rajabova davlat rahbari bilan muloqoti haqida: «Prezident e’tirofi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni kuchaytirdi»
Foto: «Daryo»
Toshkent shahridagi Kongress-hollda 6 mart, shanba kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi «Mendirman Jaloliddin» serialini e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirgan edi.

Yulduz Rajabova «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida mazkur uchrashuv va davlat rahbarining e’tirofiga nisbatan munosabat bildirdi.

«Avvalo, kamtarona mehnatim yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgani uchun hurmatli Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bayram arafasida turli unvon va medallarga loyiq ko‘rilgan yuzlab xotin-qizlar ichida borligimdan juda ham xursandman.

8 mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlatimiz rahbari o‘sha tadbirda qatnashgan barcha ayollarni tabriklab, birma-bir so‘rashib chiqdi. Ularning bunday oliyjanobligini ko‘rib, ayrim ayollar xursandligidan yig‘lab ham yubordi.

Prezidentimizning marosimdagi xotin-qizlar bilan so‘rashishlarini sira kutmagandim. Men bilan so‘rashayotgan vaqtda ‘Kino zo‘r chiqdi, ijodni susaytirmang’, deya aytgan e’tirofi juda hayajonlantirdi va o‘zimga nisbatan ishonchni kuchaytirdi. Shuningdek, bunday e’tibor o‘z ustimda yanada qattiq ishlashimga bir turtki bo‘ldi, mas’uliyatni oshirdi
», — dedi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Yulduz Rajabova turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan «Mendirman Jaloliddin» serialida Qutlibeka obrazini gavdalantirmoqda. Shuningdek, u «Oskar» mukofotiga tavsiya etilgan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmida ham bosh rolni ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Rajabova davlat rahbari bilan muloqoti haqida: «Prezident e’tirofi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni kuchaytirdi»