21:07 / 15.03.2021
5 095

Alisher Otaboyev uni teatrdan Murod Rajabov quvgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)

Alisher Otaboyev uni teatrdan Murod Rajabov quvgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor Alisher Otaboyev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Alisher Otaboyev suhbat davomida uni teatrdan Murod Rajabov quvgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

- "Murod Rajabov zo‘r san’atkor, men Murod akaga ixlos qilardim. Ustozim bor, ularni juda ham hurmat qilaman, ammo ixlos degan tuyg‘u ham bor. Men Murod Rajabov va Erkin Komilovga ixlos qilardim. Murod aka salomat bo‘lsinlar, sog‘liqlari yomon deb eshitdim.

Bu inson bizning teatrga noto‘g‘ri keldilar. Murod Rajabov Muqimiy nomidagi musiqali teatrga noto‘g‘ri keldilar, noto‘g‘ri eshikka kirib qoldilar. Balki o‘zlari xohlamagandir, lekin Murod akam bizning odam emas edi, ular o‘zbek kinosining odami edilar. Biz musiqali drama teatrimiz. Baxtiyor Ixtiyorov ‘Teatrni sen bilasan, ular bilmaydi, ketib to‘g‘ri qilibsan’, deb aytgandilar.

Murod Rajabov kelganlari ketishimga bir turtki bo‘ldi, xolos, o‘z ixtiyorim bilan, rozi bo‘lib ketganman.

Murod Rajabov oldilariga chaqirib, o‘n martalab ‘Tushunmayapman, Alisher, men kelganimga ketyapsizlarmi?’, deb so‘radilar. Teatrimizga musiqali teatrni tushunmaydiganlarni olib kela boshlashdi. Majlisda bittasi ‘Musiqali teatrga qo‘shiq kerakmi o‘zi?’, deb yubordi, bu bizning o‘lganimiz edi.

Bechora Murod Rajabov olib qolish uchun rosa harakat qildilar. Ularni aldab, turli bahonalar qilib, ketish harakatini qildim. O‘ttiz uch yil ishlagan joyimdan ketish oson bo‘lmadi. Hozir Mirza Azizov kelib, hammasi joyiga tushdi.

Men zo‘rligim uchun ketib qoldim, demayman, mensiz teatr to‘xtab qoladi ham demadim. Hamza Umarovlar, Razzoq Hamroyevlar ketganida to‘xtab qolmagan, men ketsam, to‘xtab qolarmidi
", - deydi Alisher Otaboyev.

Ma’lumot uchun, Alisher Otaboyev 1980 yildan 2013 yilgacha Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrida ishlagan. Teatrda 50 dan ortiq, kinoda 100 dan ortiq turli darajadagi rollarni ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Otaboyev uni teatrdan Murod Rajabov quvgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)