Vengriyada odam tana a’zolaridan taom tayyorlab yegan erkak hibsga olindi

Vengriyada dahshatli jinoyat fosh etildi. 30 yoshli erkak odam tana a’zolarini noqonuniy ravishda yig‘ib, ulardan taom tayyorlagan gumoni bilan hibsga olindi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Budapeshtdagi shifoxonalardan birida sanitar bo‘lib ishlagan va o‘sha yerdan, shuningdek tashlandiq qabristonlardan odam tana a’zolarini olib ketgan. Huquq-tartibot idoralariga kelib tushgan xabardan so‘ng erkakning uyi tintuv qilindi.
Tintuv davomida xonadondan odam kalla suyaklari, qo‘l panjalari, oyoqning pastki qismi hamda boshqa inson tana a’zolari topilgan. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondor ayrim tana a’zolaridan taom tayyorlab iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda ushbu dahshatli holat yuzasidan keng qamrovli tergov olib borilmoqda. Mutaxassislar topilgan tana a’zolarining qayerdan olingani va ular nechta marhumga tegishli ekanini aniqlash ustida ishlamoqda. Gumondorga nisbatan bir nechta og‘ir moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






























Izohlar 0
…