Fransiyada jazirama ortidan konditsionerlar uchun kurash avj oldi (video)

Fransiyada jazirama ortidan konditsionerlar uchun kurash avj oldi (video)

Fransiyada havo haroratining +40 darajadan oshib, qator hududlarda rekord ko‘rsatkichlarni yangilashi ortidan konditsionerlardan foydalanish masalasi mamlakatda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyadagi xonadonlarning atigi 25 foizida konditsioner mavjud. Kuchli jazirama fonida esa ko‘chma sovutish uskunalariga talab keskin oshib, ayrim joylarda ularga navbatlar ham yuzaga kelgan.

Qizig‘i shundaki, ilgari konditsionerlardan foydalanishga qarshi bo‘lgan ekologlar ham endilikda maktablar, shifoxonalar va qariyalar uylarini sovutish tizimlari bilan jihozlash zarurligini tan olmoqda.

Shu bilan birga, ayrim fransuz siyosatchilari barcha maktab va tibbiyot muassasalarini konditsioner bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus davlat dasturini ishlab chiqishni taklif qilgan. Mutaxassislar esa iqlim o‘zgarishi sabab Yevropada bunday muammolar kelajakda yanada dolzarb bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar