Yulduz Turdiyeva: “Yulduz Usmonovaga katta rahmat deyman...” (video)

Yulduz Turdiyeva: “Yulduz Usmonovaga katta rahmat deyman...” (video)

Xonanda Yulduz Turdiyeva “Navo mehmonda” loyihasida o‘z ijodi, ustoz san’atkorlar va ularning qo‘shiqlariga bo‘lgan munosabati haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Suhbat davomida xonanda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga alohida minnatdorlik izhor qilib, san’atkor hech qachon o‘z qo‘shiqlarini boshqa ijrochilardan qizg‘onmaganini ta’kidladi.

“Yulduz Usmonovaga katta rahmat aytmoqchiman. U kishi hech qachon qo‘shiqlarini qizg‘onmagan. Hatto men 'Sharob' qo‘shig‘ini kuylaganimdan keyin: 'Qizim, ovozing borida hamma qo‘shiqlarimni aytaver', deganlar. Bu men uchun juda katta motivatsiya bo‘lgan”, — dedi Turdiyeva.

Xonanda, shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov haqida ham iliq fikr bildirib, u ham o‘z repertuaridagi qo‘shiqlarni boshqa ijrochilar kuylashiga qarshi bo‘lmaganini aytdi.

Suhbat davomida boshlovchi Yulduz Turdiyevaning ijrosiga ham alohida to‘xtalib, uning talqinidagi qo‘shiqlar tinglovchilar qalbidan joy olishini ta’kidladi.

“Eng qizig‘i, siz kuylagan qo‘shiqlar go‘yo qayta jonlangandek bo‘ladi. Qaysi xonandaning qo‘shig‘ini aytmang, o‘zingizga xos talqin bilan yanada jozibali chiqadi”, — dedi boshlovchi.

Bunga javoban Turdiyeva buni qo‘shiqlarga bo‘lgan samimiy muhabbati bilan izohladi.

“Har bir san’atkorning eng yaxshi qo‘shiqlari bo‘ladi. Men esa qalbimga yaqin bo‘lganlarini tanlab, yaxshi ko‘rib kuylayman. Balki shuning uchun tinglovchiga ham boshqacha yetib borar”, — deya fikrini yakunladi xonanda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar