08:00 / 07.05.2021
1 455

O‘zbekistonda to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi telekanallar ishga tushiriladi

O‘zbekistonda to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi telekanallar ishga tushiriladi

O‘zbekistonda to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi tele va radiokanallar ishga tushiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan chet tillarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar qilmoqda «Daryo».

«Mas’ul tashkilot rahbarlari yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan hamkorlikda tilni o‘rgatuvchi interaktiv materiallarning internet-platformasi va mobil ilovalarini yaratib, maktab va bog‘chalarda ommabop videodarslardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘ysin.

Keng aholi qatlamining nutq va muloqotini rivojlantirishga qaratilgan chet tillaridagi multfilm, hujjatli va badiiy filmlarni hamda eshittirishlarni ko‘paytirsin. Bunga taniqli madaniyat va san’at vakillari, sportchi va blogerlarni faol jalb qilish zarur.

Shuningdek, Alisher Xodjayev uch oy muddatda ko‘rsatuv va eshittirishlar 24 soat davomida to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi tele va radiokanallarni ishga tushirsin. Bunda, har kuni kamida 3 soatlik dastur xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratiladi.

Umarov, Sodiqov ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda joylardagi 128 ta IT-markazlarda yoshlarni chet tillariga onlayn o‘rgatish kurslarini yo‘lga qo‘ysin. Bunda, til o‘rganish xarajatlarining bir qismi Yoshlar jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi
», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi telekanallar ishga tushiriladi