20:15 / 21.05.2021
8 879

Milena Madmusayeva omadsiz turmushi tufayli tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirdi


Foto: «Darakchi.uz»
Taniqli opera xonandasi Milena Madmusayeva «Mashhurlar» loyihasiga bergan intervyusida shaxsiy hayotidagi omadsizliklar sabab bir muddat tushkunlikka tushib qolgani haqida so‘zlab berdi.

«Allohim ayolni juda ham kuchli qilib yaratgan. Hayot sinovlari bizni yana ham kuchli qiladi. Lekin ba’zan shunday paytlar bo‘ladi, kuchli bo‘lishdan charchaysiz. Lekin qalbimizda umid uchquni hamisha bor. Shu umid oldinga, go‘zal, o‘zingiz xohlagandek hayotga yurishga undaydi. Inson hayotini hech qachon o‘yinchoq qilmaslik kerak. Mening hayotimda shunga o‘xshash narsa bo‘lgan, turmushimda...

Juda ham qalbimni qattiq yaralashgan. Mayli, u insonlarga omad tilayman. Lekin men oilaga qadam qo‘yayotgan yigitlarimizga shuni aytardimki, agar shu ayolni baxtli qilib, oilani, ro‘zg‘orni ushlash, farzandlaringni himoya qilish qo‘llaringdan kelsa, shu hayotga qadam qo‘yinglar. Agar qo‘llaringdan kelmasa, bir qizning umrini badnom qilish kerak emas
», — deydi xonanda omadsiz turmushi haqida gapirar ekan.

Foto: «Darakchi.uz»
«O‘sha oilamdan ketishim bilan yolg‘iz qolsam, nimadir bo‘lishini bilib, magistraturaga o‘qishga topshirdim. O‘shanda qizalog‘im uch oylik edi. Va o‘zim uchun sozandalar yig‘ish uchun e’lon berdim. O‘zimning san’atimni yanada davom ettirish uchun harakat qildim. Ota-onam ko‘magi, daldasi bo‘lmaganida, menga juda og‘ir bo‘lgan bo‘lardi», — deydi Milena hayot sinovlaridan qanday o‘tgani haqida.

Foto: «Darakchi.uz»
Ma’lumot uchun, Milena Madmusayeva 2016 yilning 25 aprelida o‘z prodyuseri Abduhamid Xalilovga turmushga chiqqan, juftlik 2017 yilning 1 aprelida qiz farzandli bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Milena Madmusayeva omadsiz turmushi tufayli tushkunlikka tushib qolgani haqida gapirdi